Feb 02, 13:56
Toshkent xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining yangi havo kemasi kutib olindi

Airbus A330 rusumidagi samolyot Qanot Sharq aviakompaniyasi parkidagi yettinchi havo kemasi bo'ldi. Antaliyadan Toshkentga yetib kelgan samolyot poytaxt xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Yangi samolyot Turkiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Vetnam va boshqa davlatlarga parvozlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

 

Bugungi kunda, Qanot Sharq aviaparkida oltita samolyot – ikkita Airbus A320, ikkita Airbus A321neo va ikkita Airbus A330 havo kemalari mavjud. Aviakompaniya yaqin kelajakda oʻz yoʻnalishlari tarmogʻini kengaytirib Varshava, Parij, Madrid, Bangkok, Pekin, Shanxay va Bali oroliga parvozlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Boshqalar