Apr 25, 09:26
Transport logistikasini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi keng ko‘lamli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, yuk aviatashuvlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Kim Chang Keon koronavirus pandemiyasi tufayli aviatsiya sohasi jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida biznes uyushmaning faol qo‘llab-quvatlovi va yordami bilan hayotga tadbiq etilayotgan yirik loyihalar doirasida «Uzbekistan Airways» bilan hamkorlikda yuk tashish loyihalarini amalga oshirishni taklif etdi.

O‘z navbatida, Ilhom Mahkamov biznes uyushma bilan hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarning yangi qirralarini joriy etishdan manfaatdorlik bildirdi.

Boshqalar