Jun 15, 03:00
Turkiyaning Istanbul shahri Farg`ona vodiysiga yanada yaqinlashdi.

 

Bugun dunyoning yetakchi aviakompaniyalaridan biri Vodiy gavhari bo`lgan Farg`onaga ilk aviaqatnovni amalga oshirdi. Turkish airlines aviakompaniyasining A321neo havo kemasini Farg`ona xalqaro aeroportida ramziy suv arkasi orqali o`tkazilib, yuksak ehtirom bilan kutib olindi.

Mazkur qatnovni kutib olish maqsadida Selim Kahriman boshchiligidagi Turkish Airlines avikompaniyasining O`rta Osiyodagi vakillari va Farg`ona xalqaro aeoporti rahbariyati hamda viloyat mutasaddilari tashrif buyurishdi. Qatnovlarning ilk mavsumini Farg`ona xalqaro aeroporti direktori Timur Xalilov va aviakompaniya vakili Selim Kahriman ramziy yo`l lentasini kesish orqali ochib berishdi. Aeroport xodimlari tomonidan Ekipaj a`zolariga o`zbekona hurmat bilan non va shirinliklar tortiq qilindi. Turk havo yo`llari avikompaniyasi vakillari va Farg`ona xalqaro aeroporti o`rtasida tuzulgan shartnomaga ko`ra Istanbul-Farg`ona aviaqatnovi xaftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ushbu havo qatnovi o`z o`rnida viloyatimizda xalqaro turizmni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investitsiya jozibadorligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa mazkur qatnov qator qulayliklarni keltirib chiqaradi. Xususan, arzon narxdagi chiptalar, mahalliy vaqtga qulay bo`lgan reys grafigi va sifatli aviatsiya xizmati kabilarni shular jumlasidandir.

Ma`lumot o`rnida mazkur TK260/TK261 qatnovi orqali Istanbuldan 165 nafar yo`lovchi tashrif buyurgan bo`lsa, Fargonadan Istanbul Shahriga 137 nafar hamyurtimiz yo`l olishdi.

Kelgusida Farg`onadan Turkiyaning boshqa shaharlariga ham aviareyslarni tashkil etish kompaniya vakillari tomonidan rejalashtirilgan.

 

Boshqalar