Feb 02, 13:59
xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuniga” bag‘ishlangan tadbir

2023-yilning 27-aprel kuni “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MChJda “28-aprel xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuniga” bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i X.Toshaliyev, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Bosh Davlat texnik inspektori B.Raximxodjaev,  Farg‘ona shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazining o‘ta yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiolog vrachlari F.Mahkamova va R.Boqijonovlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining mutaxassislari tomonidan 2023-yil 30-aprel kunidan qonuniy kuchga kirayotgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Mehnat Kodeksi”dagi mehnat munosabatlari, xususan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida, Farg‘ona shahar SEO va JS markazining o‘ta yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiolog vrachlari tomonidan esa dunyoda tez tarqalayotgan viruslar va o‘ta yuqumli kasalliklar haqida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, tadbirda aeroportning xizmat va bo‘linmalari o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha konkurs tashkillanib, g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari aeroport rahbariyati hamda KUQ tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Boshqalar