Aug 11, 23:39
Saqlash xonasi

Yuklarni topshirish tartibi:

Aeroport yolovchilari mavjud aviachiptalarining uchish sanasiga 72 soatdan kop bolmagan holatda yuklarini topshirishlari mumkin;

• Ushbu xizmat turi mutlaqo bepul;

Saqlash kamerasidan foydalanish qoidalari:

• Yuklar topshirishda yo’lovchilardan aviachipta sanasi ko’rsatilgan holatda qabul qilinadi;

 

Yuklar topshirish jarayonida qadoqlangan holatda (sumka, paket yoki o’ramda) saqlanishini ta’minlaydigan, ichidagi narsalarga teginishni oldini oladigan, boshqa yo’lovchilarning buyumlari va saqlash kamerasini shikastlanishdan va ifloslanishdan saqlaydigan yaxshi qadoqlangan holatda saqlanish uchun qabul qilinadi. 

• Umumiy yuk vazni 30 kg dan oshmasligi kerak.

• Meva, sabzavot va boshqa mahsulotlar faqat qadoqlangan holatda bo‘lsa, saqlash uchun qabul qilinadi, ma’muriyat ularning tabiiy zararlanishiga javobgar bo‘lmaydi.

• Shisha va boshqa yorilib ketadigan buyumlarning qadog‘ida "Ehtiyot bo‘ling - shisha" yozuvi mavjud bo’lgan taqdirgania qabul qilinadi.

• Portlovchi, olovga xavfli, tez yonadigan va yoqimsiz hidli moddalar, qurol, qurol patronlari, zargarlik buyumlari, hujjatlar va pullar hamda tirik qushlar va hayvonlar saqlash uchun qabul qilinmaydi.

• Yuklar saqlash uchun qabul qilingan kundan boshlab, 3 oy muddatda yo’lovchi tomonidan qabul qilib olinmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi “Havo kodeks”ining 107-moddasiga binoan talab qilinmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.

To‘lov: Farg‘ona aeroportidan jo‘nayotgan yo‘lovchilar uchun yuklarni saqlash bepul amalga oshiriladi.

* Istisno!  Reyslar ma’lum sabablarga ko’ra qoldirilgan taqdirda, yuklarni belgilangan tartibda saqlash muddatlari uzaytiriladi;